Zomin tumanida xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi
2026-07-27 17:25:00 / Yangiliklar

Zomin tumani Peshag‘or QFY hududida Jizzax viloyati “Qalb nuri” markazi tomonidan #IPHR granti doirasida amalga oshirilayotgan “Ayol. Huquq. Imkoniyat” loyihasi asosida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir davomida markaz direktori Nodira Alimova mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan shoira Latofat Ne’mat xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ma’naviy kamoloti, ijtimoiy faolligini oshirish va oiladagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Sayyor qabul davomida yurist-konsult Ma’rifat Karimova hamda psixolog Zebo Rahmatullayeva tomonidan ishtirokchilarga bepul huquqiy va psixologik maslahatlar berildi, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Mazkur sayyor qabul xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni ijtimoiy va psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarini joyida o‘rganish va hal etishga xizmat qildi.







