Turizm qo‘mitasi tomonidan "Shohrux" kutubxonasiga 1 000 dona kitob tuhfa qilindi
2026-07-27 08:25:00 / Yangiliklar

Zomin tumanida faoliyat yuritayotgan zamonaviy "Shohrux" kutubxonasiga O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi A.Aqqulov tashrif buyurdi.
Qo‘mita raisiga Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Shukurullayev hamda Zomin tumani hokimi A.Abdug'aniyev hamrohlik qildi.
Tashrif doirasida kutubxona fondini yanada boyitish maqsadida Turizm qo‘mitasi tomonidan 1 000 dona kitob topshirildi.
Mehmonlar kutubxonada yaratilgan zamonaviy infratuzilma, 50 mingdan ortiq kitob fondi, 100 o‘rinli o‘quv zali, elektron kutubxona, Book Cafe, kitob do‘koni hamda poligrafiya xizmatlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashabbus kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini yuksaltirish va zamonaviy kutubxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.






