Yoshlar bandligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida yarim yillik yakunlari muhokama qilindi
2026-07-02 20:40:00 / Yangiliklar

Bugun Zomin tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida yoshlar biriktirilgan tashkilot va korxonalar rahbarlari bilan 2026-yilning birinchi yarim yilligida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda birinchi yarim yillik davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Muhokamalar davomida har bir tashkilot va korxonaga biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, doimiy bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlar oldida turgan vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat tashkilotlari va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida yoshlarning tashabbus va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun moliyaviy ko‘mak ko‘lamini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Shu munosabat bilan Aloqabank mas’ullariga yoshlar biznes loyihalarini moliyalashtirish, imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish hamda bu borada qisqa muddatlarda aniq amaliy natijalarga erishish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, 2026-yilning ikkinchi yarim yilligida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.





