Zomin tumanida dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
2026-04-30 20:00:00 / Yangiliklar

Zomin tumani 2-son texnikumida 2025–2026-o‘quv yilida dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi ijrosi yuzasidan ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida dual ta’lim tizimini samarali tashkil etish, ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularni mehnat bozoriga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalari hamda amaliy mashg‘ulotlarning tashkil etilish darajasi ko‘zdan kechirildi.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Mazkur o‘rganish dual ta’lim tizimini samarali joriy etish, yoshlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish hamda ularni bandlikka yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


