Zomin tumanida “Ochiq osmon ostida kutubxona” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
2026-02-19 15:45:00 / Yangiliklar

Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Ochiq osmon ostida kutubxona” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir jarayonida ishtirokchilarga turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar taqdim etildi. Ochiq maydonda tashkil etilgan kutubxona yoshlar va kitobsevarlar uchun qulay sharoit yaratib, erkin mutolaa va fikr almashish imkonini berdi.
Ushbu loyiha orqali yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mutolaa madaniyatiga keng jalb etish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.





