KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI
2025-12-05 12:10:00 / Yangiliklar

Korrupsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.
Qonuniylik, korrupsiyaga toqatsizlik, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning preventivligi, tizimliligi va o‘zaro bog‘liqligi, korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi, fuqarolik jamiyati vakillari bilan o‘zaro hamkorlik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi. Qachonki, barcha fuqarolarimiz, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin.
Vaholanki, bugun har bir davlat xizmatchisi va huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari xodimlarining fe’l-atvoriga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga bo‘ysunish va ularni hurmat qilish odobini singdirib borish o‘ta muhim vazifadir. Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonda nazarda tutilganidek, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilayotgan hozirgi davrda mansabdor shaxslarning huquqiy bilimi va madaniyati darajasiga nisbatan alohida talablar ishlab chiqish, qonunlarga hurmatsizlik qilgan mansabdor shaxslar to‘g‘risida asoslantirilgan ko‘rsatuvlar, eshittirishlar tashkil qilish, maqolalar chop etib borish, ularning qilmishi noto‘g‘ri ekanligini ta’sirchan vositalar orqali ko‘rsatib berish, albatta, o‘z samarasini beradi.
Zomin tuman adliya bo‘limi boshlig‘i T.Latipov
