Hokimiyat haqida

Zarbdor tumani – Jizzax viloyatidagi tumandir. 1979-yil 4-dekabrda tashkil etilgan. Shimoli-sharqda Sirdaryo viloyati, gʻarbda Sharof Rashidov tumani, sharqda Yangiobod tumani, janubida Zomin tumani bilan chegaradosh. Maydoni 535.4 km2. Aholisi 94200 kishi (2023–yil 1–oktabr holatiga). Xonadonlar soni – 15 370 ta, Oilalar soni – 21 119 tani tashkil etadi. Milliy tarkibi: o‘zbeklar (90,7%), qirg‘izlar (7,4%), ruslar (0,3%), tojiklar (0,2%), qozoqlar (0,2%) boshqa millat vakillari (0,5%). Bu tumanda 24 mahalla fuqarolari yigʻini va 4 ta shaharcha (Boʻston, Sharq Yulduzi, Fayzobod, Sirg'ali shaharchalari) bor. Markazi – Zarbdor shahri. Tuman iqtisodiyoti paxta-g‘allachilik, meva-sabzavot, chorvachilik, bog‘dorchilik, yengil sanoat sohalariga ixtisoslashgan. Zarbdor so‘zi «zarb» - arabcha kuch, quvvat, «dor» - egallash, o‘rnak bo‘lish. Zarbdor - ilg‘or boshqalarga har jihatdan o‘rnak bo‘ladigan shaxsga berilgan nisbat deb keltirilgan. Tuman markazi bo‘lgan hozirgi Zarbdor shaharchasi 1962-yilgacha, 1897-yilgi Axaltaka ekspedisiyasining boshlig‘i general Lomakin nomi bilan Lomakino deb atalgan.
Tuman maydonining katta qismida ilgari aholi yashamagan cho‘l hududlariga to‘g‘ri keladi, XX asrning 70-80-yillari suv keltirilib, cho‘l o‘zlashtirildi, yangi aholi maskanlari barpo qilinib ularga rasmiy-ma’muriy tarzda xalqning dehqonchilik madaniyati bilan bog‘liq nomlar berildi. Tumanda etnonimlar asosida paydo bo‘lgan aholi punktlarining nomlari kam, bu holat tumanning geografik o‘rni bilan ham bog‘liq. Masalan, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida aholi qadimdan istiqomat qilganligi bois, etnonimlar qishloq nomlariga aylangan. Mahalliy xalq qabila va urug‘lar nomlarini unutgan bo‘lsalar ham, ammo toponimlar qaysi etnik guruh vakillari ushbu hududlarda yashaganliklaridan darak berib turadi. Ular o‘tmish tarixini o‘rganishda qo‘shimcha manba sifatida xizmat qiladi.[1]
Tabiati
Tuman hududi Mirzachoʻlning janubida joylashgan. Relyefi asosan tekislikdan iborat. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4°, —6°, iyulniki 28—30°. Yiliga 300 – 350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 205—210 kun. Tuprogʻi boʻz, qoʻngʻir tuproq. Yer osti suvlari yuza, shoʻr. Tuman hududida kanallari bor. Oqova shoʻr suvlarni qochirish uchun ariq va zovurlar qazilgan. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, ituzum, tol, jiyda oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, kalamush, toshbaqa, ilon, kaltakesak, yovvoyi parrandalardan oʻrdak, tustovuq, qirgʻovul, kalxat, chugʻurchiq, qargʻa, soʻfitoʻrgʻay, mayna yashaydi. Aholisi,asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, ukrain, qirgʻiz, turkman, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 89 kishi toʻgʻri keladi. Qishloq aholisi 37,9 ming kishi, shaharliklar 43,8 ming kishi.
Iqtisodiyoti
Qishloq xoʻjaligida paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinni egallaydi. 13 ta shirkat xoʻjaligi mavjud. Jami qishloq xoʻjaligi yerlari 34,5 ming ga, shu jumladan sugʻoriladigan yerlar 32,8 ming ga, lalmi yerlar 430 ga. Tumandagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda 12 mingdan ziyod qoramol, 14 mingdan ortiq qoʻyechki, 370 tacha ot bor. 325 dehqon xoʻjaligi boʻlib, 13,7 ming ga yer ajratilgan. Tumanda Zarbdor un kombinati, 20 kichik, 20 xususiy korxona, 4 savdo tashkiloti, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.
Tumanda 32 umumiy taʼlim maktabi (12,4 ming oʻquvchi), „Oqbuloq“ folklor etnografiya guruhi, 230 oʻrinli kasalxona, 8 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, qishloq vrachlik punkti, 8 feldsherakusherlik punkti, 2 poliklinika, 8 dorixona bor. Zarbdor—Guliston, Zarbdor—Toshkent, Zarbdor—Samarqand va b. yoʻnalishlar boʻyicha shaharlararo avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. "Zarbdor" tuman gaz. 1000 nusxada nashr etiladi.[2] Aholi tarkibi asosan musulmonlar. Shuningdek dehqonchilik asosiy òrin tutadi. Zarbdor sòzi (Ilģor va yetakchi)manolarini bildiradi. Tuman aholisi avval Zomin tumani tarkibida bòlgan.
Shaharchalar
ZARBDOR – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shaharcha nomi. “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi” ma’lumotnomasi, 1996-yil. Shaharchada Muso Toshbmuhammad o‘g‘li Oybek, Nurobod, Tinchlik, Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inlari joylashgan.
Zarbdor - Ilg‘or boshqalarga har jihatdan o‘rnak bo‘ladigan ma’nosini bildiradi. Shaharchada Muso Toshbmuhammad o‘g‘li Oybek, Nurobod, Tinchlik, Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inlari joylashgan.
BO‘STON – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shaharcha nomi. “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi” ma’lumotnomasi, 1996-yil. Shaharchada Shodlik, Do‘stlik, Navro‘z va Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inlari joylashgan.Bo‘ston - Cho‘l yerlarning insonlarning mehnati evaziga obod maskan va istiqbolga erishganligi ma’nosini bildiradi. [1]
FAYZOBOD – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shaharcha nomi. Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 30.09.2014-yil 181/33-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Shahrchada Ravot, Alisher Navoiy, Yangihayot mahalla fuqarolar yig‘inlari joylashgan. [1]
Fayzobod – fayzli - jozibador, koʻrkam; obod - gullab-yashnagan ma’nosini bildiradi.
SHARQ YULDUZI – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shaharcha nomi. Jizzax viloyati hokimining 20.12.2009-yil 64-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Shaharchada Sharq yulduzi mahalla fuqarolar yig‘ini joylashgan.
Sharq yulduzi - sharq - dunyoning toʻrt tomonidan biri; yulduz - kechasi osmonda nur sochuvchi nuqta boʻlib koʻrinadigan koinot jismi; bu yerda har jabhada yetakchi ma’nosida kelgan.
SIRGʻALI – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shaharcha nomi. Jizzax viloyati hokimining 20.12.2012-yil 64-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Shaharchada Oqar va Navbahor mahalla fuqarolar yig‘inlari joylashgan.
Sirgʻali – oʻzbek va qozoq xalqi tarkibiga kirgan qabilalar uyushmasining nomi. Katta juz tarkibiga kirgan. Sirg‘alilarning bir qismi Zarafshon vohasi qipchoqlari va Jizzax viloyati yuzlarining tarkibiga mayda urugʻ sifatida qoʻshilganlar.
Mahallalar
ADIROBOD - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 1994-yil 8-sentyabrda davlat ro‘yxatiga olingan. “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi” ma’lumotnomasi, 1996-yil. Tuman markazidan 18 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Sharq yulduzi, Yangikent, Toza urug‘ MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 410 tani, aholi soni 2 886 nafarni tashkil etadi. [1]
Adirobod - Adir umumturkiy tabiiy geografik termin. Adir terminnning etimologiyasi haqida «ajralgan», «bo‘linib-bo‘linib ketgan ma’nosidagi ayir» so‘zidan kelib chiqqan degan fikr mavjud. O‘rta Osiyoning barcha davlatlarda, Janubiy Sibirda joy nomlari tarkibida keng tarqalgan termin. O‘zbekistonda adirlar – tog‘ etagidagi cho‘l va chalacho‘l qirlar, mutoq balandligi 400-500 dan 1000-1500 metrgacha bo‘lgan balandliklarni tashkil etadi. Xo‘jalikda adirlardan bahorgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yog‘in ko‘proq tushadigan joylarda g‘alla va boshqa ekinlar yetishtiriladi, «obod» - so‘zi go‘zal, chiroyli, tartibga solingan, yangidan qurilgan qishloq ma’nosini anglatadi.[2]
ANDIJON - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2021-yil 27-yanvarda davlat ro‘yxatiga olingan. “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi” ma’lumotnomasi, 1996-yil. Tuman markazidan 14 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Sharq yulduzi, Taraqqiyot, Oqar, Nurafshon MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 1 094 tani, aholi soni 6 382 nafarni tashkil etadi. [1]
Andijon - O‘zbekiston Respublikasida joylashgan viloyat nomiga qo‘yilgan.[1]
DO‘STLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 10 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Shodlik, Navro‘z, Yangikent, Yangiobod MFYlar va Sharof Rashidov tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 598 tani, aholi soni 2 831 nafarni tashkil etadi.
DO‘STLIK - (dо‘st maqomida bо‘lishlik ma’nosini bildiradi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobi).
LALMIKOR – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2018-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi” ma’lumotnomasi, 1996-yil. Tuman markazidan 4 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Taraqqiyot, Oqbuloq, Oybek, Yangohayot MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 668 tani, aholi soni 3 739 nafarni tashkil etadi.
LALMIKOR - Yogʻin suvidan foydalanib dehqonchilik qilinadigan; yogʻin suvi bilan unadigan, sugʻorilmaydigan joy ma’nosida kelgan. Ilgari mahalla joylashgan hudud lalmi yerlar bo‘lgan.
MUSA TOSHMUHAMMAD O‘G‘LI OYBEK – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazida joylashgan bo‘lib, tumandagi Lalmikor, Tinchlik, Nurobod, Mustaqillik MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 729 tani, aholi soni 4 205 nafarni tashkil etadi.
Musa Toshmuhammad o‘g‘li Oybek – shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi nomiga qo‘yilgan.
MUSTAQILLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 1994-yil 14-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil. 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazida joylashgan bo‘lib, tumandagi Lalmikor, Tinchlik, Nurobod, Mustaqillik MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 729 tani, aholi soni 4 205 nafarni tashkil etadi.
Mustaqillik – Mustaqil holat; bogʻliq, qaram boʻlmagan holat ma’nosini anglatib, ushbu mahalla mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil etilgan.
NAVBAHOR – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2023-yil 9-aprelda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2022-yil VI-50-194-3-49-K/22 - sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 35 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Oqar, Yoshlik MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 421 tani, aholi soni 2 478 nafarni tashkil etadi.
Navbahor – Erta bahor, ilk bahor, bahorning boshi ma’nolarini bildiradi.
NAVOIY – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 2 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Ravot, Oybek, Yangihayot MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 661 tani, aholi soni 3 915 nafarni tashkil etadi.
Navoiy - oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Alisher Navoiy nomiga qo‘yilgan.
NAVRO‘Z – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 11 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Shodlik, Do‘stlik, Yangikent MFYlar va Sharof Rashidov tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 412 tani, aholi soni 2 084 nafarni tashkil etadi.
Navro‘z - yangi kun ma’nosini bildiradi.
NUROBOD – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2023-yil 27-aprelda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2022-yil VI-50-194-3-49-K/22 - sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 2 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Oybek, Ravot, Oqbuloq, Mustaqillik va Toza urug‘ MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 815 tani, aholi soni 4 076 nafarni tashkil etadi.
Nurobod – nur + obod so‘zlarining qo‘shilmasidan tashkil etilgan. Nur - yorugʻlik manbaidan taralgan yog‘du; obod - gullab-yashnagan maʼnosini anglatadi.
NURAFSHON - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 20 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Sharq yulduzi, Andijon, Yangikent, Yoshlik MFYlar va Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 604 tani, aholi soni 3 509 nafarni tashkil etadi.
Nurafshon – Bu sifat tojik tilida “yog‘du”, “ziyo” ma’nosini anglatadigan arabcha nur otiga (ARS, 838) “soch” ma’nosini anglatadigan tojikcha afshondan fe’lining afshon hozirgi zamon asosini (TjRS, 35) qo‘shib hosil qilingan bo‘lib, “nur sochuvchi” ma’nosini anglatadi.
OQAR – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2019-yil 2-fevralda davlat ro‘yxatiga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 27-maydagi “Jizzax viloyatining Zomin va Zarbdor tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi CҚ-179-III-sonli qaroriga asosan, Zomin tumani hududidan Zarbdor tumani hududiga o‘tkazilgan. Tuman markazidan 15 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Navbahor, Taraqqiyot, Yoshlik MFYlar va Zomin tumani viloyati bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 842 tani, aholi soni 5 144 nafarni tashkil etadi.
Oqar - Past tomonga qarab uzluksiz, surunkasiga harakat qilmoq, yurmoq (suyuqlik haqida) ya’ni oqar suv ma’nosida kelgan. Qadimda mahalla joylashgan hududda suvi to‘xtovsiz oqadigan buloq bo‘lgan, shundan oqar suv yoki oqar ma’nosi kelib chiqqan.
OQBULOQ – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 1-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 2 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Sharq yulduzi, Mustaqillik, Taraqqiyot, Nurobod va Toza urug‘ MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 517 tani, aholi soni 2 954 nafarni tashkil etadi.
Oqbuloq - Oʻrta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan turkiy (urug‘) etnik guruhlar ham oʻzbek ulusi tarkibiga kirgan. Mahalla joylashgan hududda qadimdan ushbu urug‘ga mansub odamlar istiomat qilib keladi.
RAVOT – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 3 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Toza urug‘, Navoiy, Nurobod MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 849 tani, aholi soni 4 893 nafarni tashkil etadi.
Ravot - Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy ma’nosini anglatadi.
SHARQ YULDUZI – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2014-yil 9-fevralda davlat ro‘yxatiga olingan. “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi” ma’lumotnomasi, 1996-yil. Tuman markazidan 10 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Adirobod, Oqbuloq, Andijon va Nurafshon mahallalari bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 871 tani, aholi soni 5 240 nafarni tashkil etadi.
Sharq yulduzi - sharq - dunyoning toʻrt tomonidan biri; yulduz - kechasi osmonda nur sochuvchi nuqta boʻlib koʻrinadigan koinot jismi; bu yerda har jabhada yetakchi ma’nosida kelgan.
SHODLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2018-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 11 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Yangiobod, Navro‘z, Do‘stlik MFYlar va Sharof Rashidov tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 1082 tani, aholi soni 4 850 nafarni tashkil etadi.
Shodlik - xursandlik, sevinch, quvonch ma’nosini anglatadi.
TARAQQIYOT - Tumanda shu nom bilan ataluvchi mahalla fuqarolar yig‘ini ham mavjud. 2016-yil 20-avgustda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 12 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Lalmikor, Toshkesgan, Andijon MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 728 tani, aholi soni 5 905 nafarni tashkil etadi.
Taraqqiyot - Rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo‘nalgan shakli, uning yuksalishi ma’nosini anglatadi.
TINCHLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 1995-yil 2-fevralda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazida joylashgan bo‘lib, tumandagi Lalmikor, Mustaqillik, Oybek MFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 539 tani, aholi soni 2 234 nafarni tashkil etadi.
Tinchlik - Gʻala-gʻovur, shovqin-suron kabilardan xoli, tinch holat ma’nosini anglatadi.
TOSHKESGAN - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2021-yil 3-noyabrda davlat ro‘yxatiga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 27-maydagi “Jizzax viloyatining Zomin va Zarbdor tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi CҚ-179-III-sonli qaroriga asosan, Zomin tumani hududidan Zarbdor tumani hududiga o‘tkazilgan. Tuman markazidan 16 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Taraqqiyot, Yoshlik MFYlar va Zomin tumani hamda Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 842 tani, aholi soni 5 144 nafarni tashkil etadi.
TOZA URUG‘ - Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2018-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 6 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Yangiobod, Adirobod, Nurobod, Ravot MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 263 tani, aholi soni 1 722 nafarni tashkil etadi.
YANGIHAYOT – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 4 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Lalmikor, Oybek, Navoiy MFYlar va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 587 tani, aholi soni 3 354 nafarni tashkil etadi.
Yangihayot – yangi + hayot so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Yangi - Ilgari boʻlmagan, endi yuzaga kelgan (kelayotgan, keladigan) va hayot - hayot metabolizm, oʻsish, koʻpayish bilan xarakterlanuvchi materiya holatidir.
YANGIKENT – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 2-fevralda davlat ro‘yxatiga olingan. “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi” ma’lumotnomasi, 1996-yil. Tuman markazidan 25 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Nurafshon, Adirobod MFYlar va Sharof Rashidov, Paxtakor tumanlari bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 546 tani, aholi soni 3 641 nafarni tashkil etadi.
Yangikent - yangi + kent so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Yangi - Ilgari boʻlmagan, endi yuzaga kelgan (kelayotgan, keladigan) va kent - Maʼlum xususiyati bilan shahar va qishloqdan farqlanib turuvchi, aholi yashaydigan joy ma’nosini anglatadi.
YANGIOBOD – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2015-yil 4-mayda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 30.12.2013-yil 104/21-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Tuman markazidan 8 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Shodlik, Toza urug‘, Nurobod, va Zomin tumani bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 662 tani, aholi soni 3 276 nafarni tashkil etadi.
Yangiobod – yangi + obod so‘zlarning qo‘shilmasidan yasalgan so‘z. Yangi -yangidan, obod - gullab-yashnagan ma’nolarini bildiradi.
YOSHLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi mahalla nomi. Mazkur mahalla 2020-yil 20-martda davlat ro‘yxatiga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 27-maydagi “Jizzax viloyatining Zomin va Zarbdor tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi CҚ-179-III-sonli qaroriga asosan, Zomin tumani hududidan Zarbdor tumani hududiga o‘tkazilgan. Tuman markazida 35 km masofada joylashgan bo‘lib, tumandagi Nurafshon, Navbahor MFYlar va Sharof Rashidov tumani, Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Mazkur mahallada xonadonlar soni 526 tani, aholi soni 3 254 nafarni tashkil etadi.
Yoshlik - Yosh ekanlik; yosh boʻlgan payt, davr ma’nosini anglatadi.
ADIROBOD mahallasi haqida umumiy ma'lumot
Mahalla 1994 yil tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 3048 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish va chorvachilik Ko‘chalar soni 21 ta asosiy ko‘chalar soni 7 ta, tor ko‘chalar soni 12 ta, berk ko‘chalar soni 2 ta, yakka tartibdagi uylar soni 503 ta Ko‘p qavatli uylar soni 1 ta Xonadonlar soni 503 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 4 ta Oilalar soni 579 ta erkaklar 1580 ta ayollar 1660 ta Yosh toifasi bo‘yicha: maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar (0-6 yosh) 570 ta voyaga yetmaganlar (0-18 yosh) 487 ta yoshlar (14-30 yosh)510 ta keksalar (60 yosh va undan kattalar)302 tani tashkil qiladi.[3]
“Andijon” mahallasi haqida umumiy ma'lumot
Mahalla1992 yil "Zarbdor tuman hokimining № " qaroriga asosan tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 7779 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) Dexqonchilik va chorvachilik. Ko‘chalar soni 54 ta asosiy ko‘chalar soni19 ta, tor ko‘chalar soni 28 ta. Berk ko‘chalar soni 7 ta, yakka tartibdagi uylar soni 1125 ta, ko‘p qavatli uylar soni 2 ta Xonadonlar soni 1130 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 24 ta oilalar soni 1225 ta Yakka tartibdagi xonadonlarda 1201 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda 24 ta Aholi soni: 6748 ta erkaklar 3474 ta ayollar 3274 ta Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar (0-6 yosh)1046 ta voyaga yetmaganlar (0-18 yosh) 2964 ta yoshlar (14-30 yosh)1776 ta keksalar (60 yosh va undan kattalar)962 tani tashkil qiladi[4]
“Do‘stlik” mahallasi haqida umumiy ma'lumot
Mahalla 1994 yi tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 134,0 (gektar)Ixtisoslashuvi (drayveri) Xizmat ko‘rsatish va savdo sotiq. Ko‘chalar soni 12 ta asosiy ko‘chalar soni 12 ta. Yakka tartibdagi uylar soni 142 ta ko‘p qavatli uylar soni 38 ta Xonadonlar soni 598 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 456 ta. Oilalar soni 748 ta Yakka tartibdagi xonadonlarda 227 ta ko‘p qavatli uylardgi xonadonlarda 521 ta aholi soni 2992 ta erkaklar 1502 ta ayollar 1490 ta Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar (0-6 yosh) 311 ta voyaga yetmaganlar (0-18 yosh) 826 ta yoshlar (14-30 yosh) 602 ta keksalar (60 yosh va undan kattalar) 298 tani tashkil qiladi.[5]
“Yoshlik” mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla 1978 yil tashkil topgan.Umumiy yer maydoni 8384 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va chorvachilik. Ko‘chalar soni 10 ta asosiy ko‘chalar soni 9ta tor ko‘chalar soni 1 ta, yakka tartibdagi uylar soni 483 ta, ko‘p qavatli uylar soni 4 ta, Xonadonlar soni 531 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 48 ta Oilalar soni 711 ta, yakka tartibdagi xonadonlarda 483 ta, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda 48 ta aholi soni 3318 ta erkaklar 1740 ta, ayollar 1578 ta, Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar (0-6 yosh) 569 ta voyaga yetmaganlar (0-18 yosh) 1252 ta yoshlar (14-30 yosh) 712 ta keksalar (60 yosh va undan kattalar) 250 tani tashkil qiladi.[6]
“Lalmikor” mahallasi haqida umumiy ma'lumot
Mahalla 2017 yil tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 994 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) dehqonchilik chorvachilik bog‘dorchilik tomorqachilik. Ko‘chalar soni 23 ta asosiy ko‘chalar soni 22 ta, berk ko‘chalar soni 1 ta. Yakka tartibdagi uylar soni 739 ta, ko‘p qavatli uylar soni yuq. Xonadonlar soni 739 ta shundan oilalar soni 948 ta Yakka tartibdagi xonadonlarda 948 ta, aholi soni 4054 ta, erkaklar 2119 ta, ayollar 1935 ta, Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar (0-6 yosh) 770 ta, voyaga yetmaganlar (0-18 yosh) 1773 ta, yoshlar (14-30 yosh) 1060 ta, keksalar (60 yosh va undan kattalar) 249 tani tashkil qiladi.[7]
“Mustaqillik” mahallasi haqida umumiy ma'lumot
Mahalla 1994 yil tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 75,78 (gektar). Ixtisoslashuvi (drayveri) xizmat ko‘rsatish. Ko‘chalar soni 14 ta, asosiy ko‘chalar soni 14 ta, yakka tartibdagi uylar soni 401 ta, ko‘p qavatli uylar soni 3 ta xonadonlar soni 437 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 36 ta, oilalar soni 686 ta, yakka tartibdagi xonadonlarda 642 ta, ko‘p qavatli uylardgi xonadonlarda 44 ta, aholi soni 2384 ta erkaklar 1174 ta ayollar 1210 ta, yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar (0-6 yosh) 431 ta, voyaga yetmaganlar (0-18 yosh) 507 ta yoshlar (14-30 yosh) 578 ta, keksalar (60 yosh va undan kattalar) 246 tani tashkil qiladi.[8]
“Navbahor” mahallasi haqida umumiy ma’lumot
“Navbahor” mahallasi haqida umumiy ma’lumot Mahalla tashkil topgan yili 09.04.2021 yil Umumiy yer maydoni (gektar) 4190 ta Ixtisoslashuvi (drayveri)dexqonchilik. Ko‘chalar soni 12 ta asosiy ko‘chalar soni 12 ta. Yakka tartibdagi uylar soni 521 ta Ko‘p qavatli uylar yuk Xonadonlar soni 521 ta Oilalar soni 565 ta Yakka tartibdagi xonadonlarda 565 ta. Aholi soni 2704 ta shundan erkaklar soni 1394 ta, ayollar soni 1310 ta, yosh toifasi bo‘yicha 2278 tani shundan maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar (0-6 yosh) 172 ta, voyaga yetmaganlar (0-18 yosh) 642 ta, yoshlar (14-30 yosh) 717 ta keksalar (60 yosh va undan kattalar) 747tani tashkil qiladi.[9]
“Navoiy” mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla tashkil topgan yili 01.03.2003 Umumiy yer maydoni 194 (gektar) ni tashkil etadi. Ixtisoslashuvi (drayveri) Axoliga savdo va maishiy xizmat kursatish. Qo‘shni davlatlar bilan chegarasi mavjudligi (mavjud/yo‘q) yuk Ko‘chalar soni 14 ta shundan asosiy ko‘chalar soni 14 ta, Yakka tartibdagi uylar soni 716 ta, ko‘p qavatli uylar soni mavjud yuk. Xonadonlar soni 716 ta, Oilalar soni 1170 ta, yakka tartibdagi xonadonlarda 1170 ta, Aholi soni 3915 ta, erkaklar soni 1970 ta, ayollar soni 1945 Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar (0-6 yosh) 571 ta voyaga yetmaganlar (0-18 yosh) 1398 ta yoshlar (14-30 yosh) 1105 tani keksalar (60 yosh va undan kattalar) soni 327 tani tashkil qiladi. [10]
“Nurafshon” mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla tashkil topgan yili 04.05.2015 yil. Umumiy yer maydoni 7667 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) qishloq xujaligi. Ko‘chalar soni 15 ta shundan asosiy ko‘chalar soni 11 ta, yakka tartibdagi uylar soni 568 ta кo‘p qavatli uylar soni 3 ta, xonadonlar soni 604 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 36 ta Oilalar soni 868 ta, yakka tartibdagi xonadonlarda 830 ta, ko‘p qavatli uylardаgi xonadonlarda 38 ta, аholi soni 3509 ta erkaklar soni 1883 tani ayollar soni 1626 tani, yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar (0-6 yosh) 540 ta voyaga yetmaganlar (0-18 yosh) 1338 ta yoshlar (14-30 yosh) 2062 ta, keksalar (60 yosh va undan kattalar) soni 274 tani tashkil qiladi.[11]
“Nurabod” mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla Zarbdor tuman hokimining № 021 qarori, 27.04.2021 yil tashkil topgan yili. Umumiy yer maydoni 484,9 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) Xizmat kursatish, tikuvchilik va chorvachilik Qo‘shni davlatlar bilan chegarasi mavjudligi (mavjud/yo‘q) yuk Ko‘chalar soni 19 ta, asosiy ko‘chalar soni 18 ta Yakka tartibdagi uylar soni 948 ta Ko‘p qavatli uylar soni 4 ta Xonadonlar soni 1028 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 80 ta Oilalar soni 1090 ta Yakka tartibdagi xonadonlarda 1005 ta Ko‘p qavatli uylardgi xonadonlarda 85 ta oila istiqomad qiladi. Aholi soni 4190 ta shundan erkaklar soni 2251 ayollar soni 1939 ta Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar soni(0-6 yosh) 240 ta voyaga yetmaganlar soni(0-18 yosh) 663 ta yoshlar soni (14-30 yosh) 1134 ta keksalar soni (60 yosh va undan kattalar) 284 tani taskil qiladi.di.[12]
"Oybek" mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla 1979 yili tashkil topgan Umumiy yer maydoni 320 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) Ishlab chikarish va tadbirkorlik Qo‘shni davlatlar bilan chegarasi mavjudligi Ko‘chalar soni shundan: 19 ta asosiy ko‘chalar soni 7ta tor ko‘chalar soni 3 ta berk ko‘chalar soni 9 ta, yakka tartibdagi uylar soni 891 ta Ko‘p qavatli uylar soni 8 ta Xonadonlar soni 745 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 108 Oilalar soni 1086 ta Yakka tartibdagi xonadonlarda 966 ta Ko‘p qavatli uylardgi xonadonlarda 120 ta Aholi soni 4464 ta shundan erkaklar soni 2271 ta ayollar soni 2193 ta Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar (0-6 yosh) 597 ta voyaga yetmaganlar soni (0-18 yosh) 1771 ta yoshlar soni (14-30 yosh) 1226 ta keksalar soni (60 yosh va undan kattalar) 824 tani tashkil qiladi.[13]
"Oqar" mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla 2015-yil tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 2134 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) Chorvachilik va dehqonchilik. Ko‘chalar soni 13 ta asosiy ko‘chalar soni 13ta Yakka tartibdagi uylar soni 393 ta Ko‘p qavatli uylar soni 10 ta Xonadonlar soni 513 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 120 ta Oilalar soni 780 ta Yakka tartibdagi xonadonlarda 668 ta Ko‘p qavatli uylardgi xonadonlarda 112 ta Aholi soni 3156 ta shundan erkaklar soni 1700 ta ayollar soni 1456 ta Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar soni(0-6 yosh) 445 ta voyaga yetmaganlar soni (0-18 yosh) 1040 ta yoshlar soni(14-30 yosh) 676 ta keksalar soni (60 yosh va undan kattalar) 168 tani tashkil qiladi.[14]
"Oqbuloq" mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla 1994 yil tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 352,2(gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) Dexkonchilik va chorvachilik. Ko‘chalar soni 11 ta asosiy ko‘chalar soni 11 ta, Yakka tartibdagi uylar soni 608 ta Xonadonlar soni 608 ta Oilalar soni 716 ta Yakka tartibdagi xonadonlarda 716 ta Aholi soni 3073 ta shundan erkaklar soni 1545 ta ayollar soni 1528 ta yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar soni (0-6 yosh) 319 ta voyaga yetmaganlar soni (0-18 yosh) 906 yoshlar soni (14-30 yosh) 754 ta keksalar soni (60 yosh va undan kattalar) 462 tani tashkil qiladi.[15]
"Ravot" mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla 01.03.2003 yil tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 320 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) xizmat ko‘rsatish Ko‘chalar soni 13 ta asosiy ko‘chalar soni 13 ta Yakka tartibdagi uylar soni 1060 ta Ko‘p qavatli uylar soni 1 ta Xonadonlar soni 1130 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 70 ta Oilalar soni 1410 ta Yakka tartibdagi xonadonlarda 1340 ta Ko‘p qavatli uylardgi xonadonlarda 70 ta Aholi soni 5405 ta shundan erkaklar soni 3243 ayollar soni 2162 Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar soni (0-6 yosh) 648 ta voyaga yetmaganlar soni (0-18 yosh) 1087 ta yoshlar soni (14-30 yosh) 648 ta keksalar soni (60 yosh va undan kattalar) 382 tani tashkil qiladi[16]
"Taraqqiyot" mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla 01.07.2001 yil tashkil topgan Umumiy yer maydoni 6398 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) Chorvachilik va dehqonchilik Ko‘chalar soni 38 ta asosiy ko‘chalar soni 38 ta. Xonadonlar soni 793 ta Oilalar soni 1082 ta Yakka tartibdagi xonadonlarda 1082 ta Tomorqasi bor xonadonlar soni 786 ta Aholi soni 5005 ta shundan erkaklar soni 2552 ta ayollar soni 2453 ta maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar soni (0-6 yosh) 426 ta voyaga yetmaganlar soni (0-18 yosh) 1225 ta yoshlar soni(14-30 yosh) 1087 ta keksalar soni (60 yosh va undan kattalar) 465 tani tashkil qiladi[17]
"Tinchlik" mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla 1997 yili tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 33,5 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) Savdo va xizmat ko‘rsatish Ko‘chalar soni 5 ta asosiy ko‘chalar soni 5 ta Yakka tartibdagi uylar soni 45 ta Ko‘p qavatli uylar soni 44 ta Xonadonlar soni 623 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 578 ta Oilalar soni 689 ta Yakka tartibdagi xonadonlarda 45 ta Ko‘p qavatli uylardgi xonadonlarda 644 ta. Aholi soni 2275 ta shundan erkaklar soni 964 ta ayollar soni 1311 ta Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar (0-6 yosh) 505 ta voyaga yetmaganlar soni (0-18 yosh) 745 ta yoshlar soni (14-30 yosh) 602 ta keksalar soni (60 yosh va undan kattalar) 423 tani tashkil qiladi.[18]
"Toshkesgan" mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla 1983-yil tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 6714 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) Chorvachilik va dexqonchilik Ko‘chalar soni 42 ta asosiy ko‘chalar soni 21 ta tor ko‘chalar soni 15 ta berk ko‘chalar soni 6 ta Yakka tartibdagi uylar soni 853 ta Xonadonlar soni 853 ta shundan, oilalar soni 1077 ta Yakka tartibdagi xonadonlarda 1077 ta Aholi soni: 5312 ta shundan erkaklar soni 2758 ta ayollar soni 2554 ta Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar soni (0-6 yosh) 879 ta voyaga yetmaganlar soni (0-18 yosh) 2251 ta yoshlar soni (14-30 yosh) 1248 ta keksalar soni(60 yosh va undan kattalar) 553 tani tashkil qiladi.[19]
"Sharq yulduzi" mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla 1989 yil tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 8330 (gektar) ni tashkil qiladi. Ixtisoslashuvi (drayveri) Dexkonchilik,chorvachilik Ko‘chalar soni 30 ta, asosiy ko‘chalar soni 21 ta, tor ko‘chalar soni 5 ta, berk ko‘chalar soni 4 ta, yakka tartibdagi uylar soni 869 ta ko‘p qavatli uylar soni 3 ta Xonadonlar soni 905 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 36 ta Oilalar soni 1302 ta yakka tartibdagi xonadonlarda 1266 ta oila istiqomat qiladi shundan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda 36 ta Aholi soni 5316 ta shundan erkaklar soni 2740 ta ayollar soni 2576 ta Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar soni (0-6 yosh) 993 ta voyaga yetmaganlar soni (0-18 yosh) 2069 ta yoshlar soni (14-30 yosh) 612 ta keksalar soni esa (60 yosh va undan kattalar) 350 tani tashkil qiladi.[20]
"Yangikent" mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla 1997 yil tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 138 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va chorvachilik, ko‘chalar soni 12 ta, asosiy ko‘chalar soni 5 ta, tor ko‘chalar soni 4 ta, berk ko‘chalar soni 3 ta, yakka tartibdagi uylar soni 488 ta, ko‘p qavatli uylar soni 11 ta. Xonadonlar soni 620 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 132 ta Oilalar soni 750 ta yakka tartibdagi xonadonlarda 600 ta, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda 150 ta oilalar istiqomat qiladi. Aholi soni 3641 ta shundan erkaklar soni 1843 ta, ayollar soni 1798 ta, Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar soni (0-6 yosh) 505 ta voyaga yetmaganlar soni (0-18 yosh) 1145 ta yoshlar soni (14-30 yosh) 779 ta keksalar soni (60 yosh va undan kattalar) 254 tani tashkil qiladi.[21]
"Shodlik" mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla 1994 yil tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 339 (gektar). Ixtisoslashuvi (drayveri) "Savdo, sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish" Ko‘chalar soni 30 ta, asosiy ko‘chalar soni 30 ta, yakka tartibdagi uylar soni 863 ta, Ko‘p qavatli uylar soni 24 ta, Xonadonlar soni 1 189 ta, shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 326 ta, Oilalar soni 1 488 ta, Yakka tartibdagi xonadonlarda 1 112 ta, Ko‘p qavatli uylardаgi xonadonlarda 376 tа oila istiqomat qiladi. Аholi soni 5 170 ta shundan erkaklar soni 2 688 ta ayollar soni 2 482 ta Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar soni (0-6 yosh) 614 ta voyaga yetmaganlar soni (0-18 yosh) 1 756 ta yoshlar soni (14-30 yosh) 2 276 ta keksalar soni (60 yosh va undan kattalar) 524 tani tashkil qiladi.[22]
"Yangiobod" mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla 04.05.2015 yil tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 908 (gektar) Ixtisoslashuvi (drayveri) Qishloq xujaligi Ko‘chalar soni 22 ta, asosiy ko‘chalar soni 19 ta, tor ko‘chalar soni 2 ta, berk ko‘chalar soni 1 ta, yakka tartibdagi uylar soni 985 ta, ko‘p qavatli uylar soni 22 ta, Xonadonlar soni 1007 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 84 ta, Shundan oilalar soni 1168 ta, yakka tartibdagi xonadonlarda 1066 ta Ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda esa 102 ta oila istiqomat qiladi. Aholi soni 5212 ta shundan erkaklar soni 2622 ta, ayollar soni 2590 ta Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar soni (0-6 yosh) 912 ta, voyaga yetmaganlar soni (0-18 yosh) 1410 ta yoshlar soni (14-30 yosh) 1250 ta keksalar soni esa (60 yosh va undan kattalar) 274 tani tashkil qiladi.[23]
"Yangihayot" mahallasi haqida umumiy ma’lumot
Mahalla 2005 yilda tashkil topgan. Ixtisoslashuvi (drayveri) savdo-sotiq Ko‘chalar soni 22 ta, asosiy ko‘chalar soni 22 ta, yakka tartibdagi uylar soni 595 ta, Ko‘p qavatli uylar soni 1 ta, Xonadonlar soni 613 ta shundan, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar 18 tani tashkil qiladi. Shundan oilalar soni 950 ta Yakka tartibdagi xonadonlarda 932 ta Ko‘p qavatli uylardgi xonadonlarda 18 ta oila istiqomat qiladi. Aholi soni 3605 ta shundan erkaklar soni 1822 ta ayollar soni 1783 ta, Yosh toifasi bo‘yicha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar soni (0-6 yosh) 373 ta, voyaga yetmaganlar soni (0-18 yosh) 980 ta yoshlar soni (14-30 yosh) 927 ta, keksalar soni esa (60 yosh va undan kattalar) 329 tani tashkil qiladi.[24]
Istirohat bog'i
UMID-Jizzax viloyati Zarbdor tumani Ravot maxallasidagi istirohat bog' nomi. Mazkur istirohat bog'i Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi "Moddiy madaniy merosning ko'chmas mulk obyektlari milliy ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida"gi 846-sonli qaroriga asosan ro'yxatga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tumani kengashining 2022-yil 28-maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.[25]
UMID- biror istakning amalga oshishiga bo'lgan ishonch; ishonch bilan kutish ma'nosini anglatadi.[26]
Xiyobonlar
XOTIRA XIYOBONI – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Oybek mahallasidagi xiyobon nomi. Mazkur xiyobon Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan ro‘yxatga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2021 - yil 30 - avgustdagi VI-29-10-3-49-K/21-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
Xotira - Xotira (arabcha fikr, tafakkur; gʻoya; xayol) – 1) biror kishi yoki narsa haqidagi yodda, esda saqlangan taassurot;. 2) esdalik, yodgorlik ma’nolarini anglatadi.
YOSHLIK XIYOBONI – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Tinchlik mahallasidagi xiyobon nomi. Mazkur xiyobon Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan ro‘yxatga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2021 - yil 30 - avgustdagi VI-29-10-3-49-K/21-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
Yoshlik - Yosh ekanlik; yosh boʻlgan payt, davr ma’nosini anglatadi.
Qabristonlar
ABADIYAT – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Sharq yulduzi mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
ABDUVAIT HOJI OTA-1 – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Shodlik mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. 2008-yil faoliyati to‘xtatilgan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
ABDUVAIT HOJI OTA-2 – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Shodlik mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
ABU BAKR SIDDIQ – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yoshlik mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
BIRODARLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangi hayot mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xristianlik dini vakillari qabristoni. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
BOGʻISTON – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Nurafshon mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 30 - dekabrdagi VI-50-194-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
BOQIYLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangikent mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 30 - dekabrdagi VI-50-194-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
HAZRATI BILOL – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Adirobod mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
HAZRATI IMOM – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Andijon mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
IMOM BUXORIY – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Andijon mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
MANGULIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Ravot mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
OQAROTA – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Oqar mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
SOKINLIK – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Taraqqiyot mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
TOSHKESGANOTA – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Toshkesgan mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
XON-XOʻJA – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Oqbuloq mahallasidagi qabriston nomi. Mazkur qabriston 2008-yil 23-dekabrda davlat ro‘yxatiga olingan. Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2022 - yil 28 - maydagi VI-44-79-3-49-K/22-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan.
Ziyoratgohlar
OQAROTA – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Oqar mahallasidagi ziyoratgoh nomi. Mazkur ziyoratgoh Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan ro‘yxatga olingan.
TOSHKESGANOTA – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Toshkesgan mahallasidagi ziyoratgoh nomi. Mazkur ziyoratgoh Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan ro‘yxatga olingan.[1]
Tepalik
KOʻKTEPA – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Oqbuloq mahallasidagi do‘nglik nomi. Mazkur do‘nglik Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli qaroriga asosan ro‘yxatga olingan.[1]
Temir yo'l stansiyasi
ZARBDOR – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Navoiy mahallasidagi temir yo‘l stansiyasi nomi. “O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning inventarizatsiya ma’lumotlari, 2015-yil.[1]
Zarbdor – Ma’nosi - tuman nomi bilan uyg‘unlashgan nom.[1]
Temir yo'l razyezdi
SAYXUN – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Shodlik mahallasidagi temir yoʻl razyezdi nomi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning inventarizatsiya ma’lumotlari, 17.02.2022-yil 01/494-22.[1]
Kanal
JIZZAX MASHINA KANALI (JM-I) – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yoshlik, Nurafshon va Yangikent mahallalari janubiy hududidan oqib o‘tuvchi kanal nomi. К-42-136 1:100 000 masshtabli topografik karta, 2002-yil.[1]
SARKISOV NOMLI JANUBIY MIRZACHOʻL KANALI – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Nurafshon, Yangikent mahallasi shimoliy hududidan oqib o‘tuvchi kanal nomi. К-42-124 1:100 000 masshtabli topografik karta, 2004-yil.[1]
Kollektr
DERIVASION MIRZACHOʻL – Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yoshlik mahallasining sharqiy tomonida o‘tuvchi kollektor nomi. JBZ magistral kollektori deb ham ataladi. К-42-136 1:100 000 masshtabli topografik karta, 2002-yil.[1]
