MAKTAB FAOLIYATI VA TA’LIM SIFATINI OŞIRIŞGA QARATILGAN TAŞABBUSLAR ÖRGANILDI
2026-11-24 14:00:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumani hokimi Zarifjon Omonqulov mutasaddi taşkilot rahbarlari bilan birgalikda Andijon mahallasidagi 5-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanişdi.
Örganiş davomida maktabning mavjud imkoniyatlari, kuz-qiş mavsumida binoning issiqlik bilan ta’minlanişi hamda sinfxonalardagi harorat holati közdan keçirildi.
Maktab jamoasi bilan suhbatda fan tögaraklari faoliyati, xususan, robototexnika tögaragining işlaş jarayoni bilan tanişildi. Şuningdek, öquvçilarning bilim darajasi va qiziqişlarini, kelajakda egallamoqçi bölgan kasblarini aniqlaşga xizmat qiluvçi maktab platformasi taqdimoti ham körib çiqildi.
Mazkur platforma öquvçilarning qobiliyat va qiziqişlarini aniqlaş, ularni kasbga yönaltiriş hamda ta’lim jarayonini yanada samarali taşkil etişda muhim ahamiyat kasb etadi.



