TUMAN HOKIMINING ILK UÇRAŞUVI ANDIJON MAHALLASIDA BÖLIB ÖTDI
2026-11-24 12:00:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumani hokimi Zarifjon Omonqulovning aholi bilan ilk uçraşuvi Andijon mahallasida bölib ötdi.
Uçraşuvda tuman prokurori Ravşan Maşaripov, tuman IIB boşliği Uyğun Sultonov hamda mutasaddi taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi.
Dastlab, mahallaning “Mahalla ön yettiligi” vakillari va faollari bilan muloqot ötkazilib, hududda amalga oşirilayotgan işlar, mavjud muammolar va ularning yeçimiga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.
Xususan, aholi bandligini ta’minlaş, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar oliş va ularni qöllab-quvvatlaş, kuz-qiş mavsumida aholiga kömir hamda suyultirilgan gaz mahsulotlarini öz vaqtida yetkazib beriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, mahalla faollari bilan oçiq muloqot davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolar tinglanib, ularni joyida örganiş va amaliy yeçim topiş yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvning mahalladan boşlangani aholi bilan bevosita muloqot qiliş, hududlardagi mavjud muammolarni joyida örganiş va ularning yeçimiga qaratilgan işlarni tizimli yölga qöyiş muhimligini namoyon etadi.
Yakunida kötarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi.


