Zarbdor tuman hokimligiga 2026-yilning oktabr oyi yakuniga qadar “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
2026-11-04 17:25:00 / Yangiliklar

Zarbdor tuman hokimligiga 2026-yilning oktabr oyi yakuniga qadar “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan:
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Farmoyishlari hamda majlis bayonlarida sentabr oyi boshidan jami 384 ta topshiriq tuman hokimligiga ijro uchun kelib tushgan. Shundan, bugungi kunda ijro muddati yakunlangan 380 ta (98.9 %) topshiriqlarning ijrosi to‘liq va sifatli bajarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oktabr boshidan hujjatlarda 157 ta topshiriq tuman hokimligiga ijro uchun kelib tushgan. Ijro muddati yakunlangan 154 ta (98%) topshiriqlarning ijrosi to‘liq ta’minlangan;
joriy yilning oktabr oyida jami 384 ta topshiriq, shundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 186 ta hamda O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 157 ta hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Aministratsiyasi tomonidan 41 ta topshiriqda tuman hokimligiga asosiy ijrochi sifatida belgilangan, mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kunbay kalendar grafik ishlab chiqildi.
Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosarlari kesimida “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib, tuman hokimi tomonidan tasdiqlandi hamda ijroga qaratildi;
mas’ul xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish uchun yil boshidan bugungi kunga qadar Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, Farmoyish va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagan hamda mas’uliyatsizligi oqibatida topshiriq ijrosini kechiktirilishiga sababchi bo‘lgan rahbar va tegishli mas’ullarga ogohlantirish berilgan
“Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng nazoratdan yechilishi inobatga olgan holda, tuman hokimligida ushbu topshiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajarilishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ijro intizomini kuchaytirish maqsadida haftaning har dushanba kunlari Zarbdor tuman hokimi rahbarligida, haftaning har juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qat’iy nazorat qilinmoqda
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash barcha rahbarlarning eng muhim va birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi
Bugungi kunda, Davlatimiz rahbari topshiriqlari ijrosini so‘zsiz ta’minlash eng muhim vazifa sifatida belgilab olinib, tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari, kotibiyat bosh mutaxassislari, guruh rahbari, aloqador tuman tashkilotlari rahbarlariga topshiriqlar ijrosini barvaqt, sifatli ta’minlash hamda bu bo‘yicha doimiy ravishda zarur choralar ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olingan.
