NUROBOD MAHALLASIDA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
2026-11-04 12:00:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumani hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi Alişer Erjigitov, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi rahbari Sayfiddin Xojimetov hamda tegişli mas’ullar iştirokida Nurobod mahallasidagi köp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarining 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati örganildi.
Örganiş davomida köp qavatli uylardagi dudböronlarning sozligi, ijtimoiy soha obyektlarida isitiş moslamalarining texnik holati hamda mavsum uçun kömir zaxirasining yetarli miqdorda jamğarilgani közdan keçirildi.
Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, isitiş tizimlari va dudböronlardan xavfsiz foydalanişni ta’minlaş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi. Şuningdek, mavjud muammolarni hal etişda mutasaddilarga amaliy yordam körsatiş vazifalari belgilandi.
Kuz-qiş mavsumini xavfsiz va betalafot ötkaziş, aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarida zarur şaroitlarni yaratiş böyiça topşiriqlar ijrosi nazoratga olindi.




