ZARBDOR TUMANI YOŞ IQTIDORLARI XALQARO MAYDONDA!
2026-10-27 18:45:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumani Kelajak markazi öquvçilari xalqaro olimpiadada munosib iştirok etib, navbatdagi yuksak marralarni zabt etiş sari muhim qadam taşladilar. Ular eWISE International xalqaro olimpiadasidagi iştiroki natijasida Singapur va Dubayda bölib ötadigan xalqaro olimpiadalarda qatnaşiş uçun yöllanmalarni qölga kiritdilar.
Erişilgan yutuqlar munosabati bilan öquvçilarni tantanali kutib oliş tadbiri taşkil etildi. Unda Zarbdor tumani hokimining birinçi örinbosari J. Nişonov hamda soha vakillari iştirok etdilar.
Tadbir davomida yoş bilimdonlar erişgan natijalari bilan samimiy qutlanib, ularning kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ham muvaffaqiyatli iştirok etişlariga tilaklar bildirildi.
Mazkur yutuq yoşlarning bilim olişga bölgan intilişi, izlanişi va salohiyatini namoyon etiş yölidagi muhim natijadir. Xalqaro olimpiadalarda iştirok etiş öquvçilarga öz bilimlarini sinovdan ötkaziş, tajriba orttiriş va dunyo miqyosidagi tengdoşlari bilan bellaşiş imkonini beradi.
Zarbdorlik yoş iqtidorlarimizga Singapur va Dubaydagi navbatdagi bellaşuvlarda ham omad, yuksak natijalar va yangi zafarlar tilaymiz!
Yoşlar yutuği — yurt kelajagi uçun mustahkam poydevor!









