ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI UÇUN TANLOVNING TUMAN BOSQIÇI ÖTKAZILDI
2026-10-27 17:15:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumanida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralaş böyiça tanlovning tuman bosqiçi bölib ötdi. Unda bilimga çanqoq, yuksak maqsadlar sari intilayotgan, ijodiy salohiyati va taşabbuskorligi bilan ajralib turadigan yoş qizlar öz iqtidorlarini namoyon etdilar.
Tanlov davomida iştirokçilar özlarining ilmiy izlanişlari, ijodiy işlari, erişgan yutuqlari hamda jamoat hayotidagi faolligi bilan taniştirdilar. Saralaş jarayonida nomzodlarning bilim va dunyoqaraşi, mustaqil fikrlaşi, ijodiy qobiliyati, taşabbuskorligi hamda jamiyat hayotidagi iştirokiga alohida e’tibor qaratildi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti özining iste’dodi, bilimi, mehnatsevarligi va ezgu intilişlari bilan tengdoşlariga örnak bölayotgan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşda muhim örin tutadi. Uşbu mukofot yoş avlodning ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va boşqa sohalardagi salohiyatini röyobga çiqarişga, ularning yangi marralar sari intilişiga rağbat bağişlaydi.
Tanlovning tuman bosqiçi iqtidorli qizlarni kaşf etiş, ularning yutuqlarini munosib e’tirof etiş hamda kelgusidagi izlanişlari uçun keng imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi.
Zero, bugunning bilimli, taşabbuskor va iste’dodli qizlari — yurtimizning ertangi taraqqiyoti va kelajagiga munosib hissa qöşadigan avloddir.









