JAHON KUBOGI G‘OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI
2026-10-22 16:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 15–16-oktabr kunlari Turkiyaning Bursa shahrida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Zarbdor tumani sport maktabi o‘quvchi-sportchilari Bararova Nozima va Mamatqulov Surxonbek hamda ularning murabbiyi Sunnat Mamatqulov tuman hokimi tomonidan munosib taqdirlandi.
Ushbu yutuq sportchilarimizning izchil tayyorgarligi, murabbiy mehnati va sportga bo‘lgan yuksak intilishining samarasidir.
G‘oliblarni erishgan natijalari bilan muborakbod etamiz. Kelgusidagi musobaqalarda ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!






