KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
2026-10-20 14:20:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i D.Normurodov tomonidan Zarbdor tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, qonuniylik va xizmat intizomiga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishchi-xodimlarning savol va takliflari tinglanib, ularga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, korrupsiyaga oid qonunchilik talablari hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish, ochiqlik va qonuniylik tamoyillariga rioya etish — samarali faoliyatning muhim shartidir.
