FAOL XOTIN-QIZLAR UCHUN MADANIY SAYOHAT TASHKIL ETILDI
2026-10-15 08:30:00 / Yangiliklar

Bugun Zarbdor tumanidan 50 nafar faol xotin-qizning Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga madaniy sayohati tashkil etildi.
Sayohatdan ko‘zlangan maqsad — xotin-qizlarning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun sharoit yaratish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdan iborat.
Tashrif davomida ishtirokchilar Bo‘stonliqning go‘zal tabiati qo‘ynida maroqli dam olish, madaniy hordiq chiqarish bilan bir qatorda, foydali seminar-treninglar va davra suhbatlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bunday tashabbuslar xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda o‘zaro tajriba almashishlari uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Barcha ishtirokchilarga mazmunli hordiq, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar tilaymiz!


