DAVLAT TILI — MILLATIMIZ G‘URURI!
2026-10-13 17:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 12-oktabr kuni Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazida davlat tilida ish yuritish va imlo qoidalariga rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida xodimlar o‘rtasida diktant tashkil etildi.
Tadbir “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarori ijrosi doirasida, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarbdor tuman bo‘linmasi vakili ishtirokida o‘tkazildi.
Diktant jarayonida xodimlarning davlat tilida savodli yozish ko‘nikmalari hamda amaldagi imlo qoidalariga rioya etish darajasi sinovdan o‘tkazildi.
Davlat tilini asrash, uning sofligini ta’minlash va adabiy til me’yorlariga amal qilish milliy qadriyatlarimizni e’zozlashning muhim ifodasidir.
