ANDIJON MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLAR ASFALTLASHTIRILMOQDA
2026-10-13 18:15:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumanining yirik mahallalaridan biri bo‘lgan Andijon MFY hududida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ayni paytda “Ochiq budjet” dasturi doirasida mahalladagi 3 154 metr ichki yo‘l asfaltlashtirilmoqda.
Mazkur ishlar natijasida mahalla ko‘chalarida harakatlanish yanada qulaylashib, aholining kundalik qatnovi yengillashadi. Shuningdek, transport vositalarining erkin harakatlanishi, piyodalar uchun qulayliklar yaratilishi hamda noqulay ob-havo sharoitida yo‘llardan foydalanish imkoniyatlarining yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Eng muhimi, ushbu tashabbus mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, hudud obodligini ta’minlash va aholi turmush sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.




