ZARBDOR TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2026-10-13 17:10:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati mahallalarida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha belgilangan reja-grafik asosida hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi sayyor qabul Zarbdor tumani Shodlik mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Respublika ishchi guruhi a’zosi S. Xidirov hamda Jizzax viloyat sudi raisi G‘. Yalgashev ishtirokida o‘tkazildi.
Qabul davomida 4 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bunday sayyor qabullar fuqarolarning murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolar yuzasidan huquqiy maslahat berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish borasidagi ishlar belgilangan reja-grafik asosida davom ettiriladi.




