ZARBDORLIK SPORTCHI OSIYO O‘YINLARI SOVRINDORI TAQDIRLANDI
2026-10-09 16:30:00 / Yangiliklar

Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida velosport yo‘nalishida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, bronza medalini qo‘lga kiritgan zarbdorlik sportchi Svetkov Nikita Andreyevich munosib taqdirlandi.
Sportchining xalqaro miqyosdagi yutug‘ini rag‘batlantirish maqsadida Zarbdor tumani hokimi Bekzod Tashpulatov tomonidan Nikita Svetkovga 20 million so‘m, uning murabbiyi Vladimir Andreyevich Starchikga esa 5 million so‘m miqdorida pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlash marosimida sportchining xalqaro arenada erishgan muvaffaqiyati, ushbu natija ortida turgan tinimsiz mehnat, qat’iyat va murabbiylar xizmatining alohida o‘rni e’tirof etildi.
Nikita Svetkovning ushbu yutug‘i Zarbdor tumani sporti uchun muhim muvaffaqiyat bo‘lib, yoshlar uchun ham munosib namuna hisoblanadi.
Sportchimiz va uning murabbiyini erishilgan natija bilan muborakbod etamiz! Kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar, yangi marralar va yanada yuksak natijalar tilaymiz!




