“YOSHLAR OQSHOMI” KO‘TARINKI KAYFIYATDA O‘TDI
2026-10-08 21:00:00 / Yangiliklar

Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Zarbdor tumanidagi “Yoshlar istirohat bog‘i”da yoshlar uchun “Yoshlar oqshomi” tashkil etildi.
Oqshom davomida yoshlar uchun turli konsert dasturlari namoyish etilib, “Gulxan” atrofida kuy-qo‘shiqlar yangradi. Diltortar navolar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Yoshlar musiqiy chiqishlarga jo‘r bo‘lib, raqslarga tushishdi.
Shuningdek, ishtirokchilar istirohat bog‘i bo‘ylab sayr qilib, do‘stlari bilan maroqli vaqt o‘tkazishdi.
Samimiy suhbatlar, kuy-qo‘shiqlar va ko‘tarinki kayfiyatga boy o‘tgan “Yoshlar oqshomi” yoshlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.









