YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN KATTA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI
2026-10-08 20:30:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumani “Yoshlar istirohat bog‘i”da Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar uchun katta bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va salohiyatini namoyon etishiga ko‘maklashish hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, bayram dasturidan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, turli sport musobaqalari, yoshlar tadbirkorligi va biznes tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha ma’lumotlar, shuningdek, yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish va qayta tayyorlash imkoniyatlari haqidagi taqdimotlar o‘rin oldi.
Shuningdek, yoshlarning amaliy ijodiy va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, ularning mehnati va ijodiy salohiyati namoyish etildi.
Tadbir doirasida band bo‘lmagan yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham o‘tkazilib, yoshlarga mavjud vakansiyalar, ishga joylashish imkoniyatlari hamda mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasblar haqida ma’lumotlar berildi.
Bunday tadbirlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.









