ZARBDORDA “10 000 QADAM” PIYODA YURISH MARAFONI O‘TKAZILDI
2026-09-25 10:00:00 / Yangiliklar

“Juma — sport kuni” doirasida Zarbdor tuman hokimligi, tuman IIB, tuman tibbiyot birlashmasi, sport maktabi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida “Sog‘lom hayot uchun 10 000 qadam” va “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiorlari ostida piyoda yurish marafoni tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab piyoda yurib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga qaratilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar.
Shuningdek, marafon davomida ishtirokchilar uchun badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etilib, jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan mashqlar bajarildi.
Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sportga qiziqishni oshirish hamda giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olishga qaratildi.








