ZARBDORDA MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-09-24 10:05:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumanida mahallalardagi xotin-qizlar faollari uchun “Mahalla yettiligi” faoliyati doirasida malaka va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur o‘quv-seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i G. Normurodova ham ishtirok etdi.
Seminar davomida mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarga xotin-qizlarning muammo va ehtiyojlarini manzilli o‘rganish, ularni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
O‘quv-seminar davomida mahalla xotin-qizlar faollari o‘z faoliyatida zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlab, tajriba almashdilar.
Asosiy maqsad — xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini manzilli hal etish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish.


