Nurafshon mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-09-12 15:00:00 / Yangiliklar

Zarbdor tuman hokimining Qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Erjigitov tomonidan Nurafshon MFYda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan kadastr masalalari, ko‘chma savdo do‘konlari faoliyatiga oid masalalar hamda boshqa murojaat va takliflar bildirildi.
Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralarga tegishli vazifalar belgilanib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida sayyor qabullar muntazam davom ettiriladi.



