Fermerlar bilan sayyor qabul: dolzarb masalalar joyida ko‘rib chiqildi
2026-09-12 10:00:00 / Yangiliklar

2026-yil 12-sentabr kuni “G‘olib” va “Iqbol” hududlarida faoliyat yurituvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari bilan Toshkesgan MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni samarali tashkil etish, xo‘jaliklar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda paxta yig‘im-terimini belgilangan agrotexnik va tashkiliy talablarga muvofiq, uyushqoqlik bilan o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotni tuman hokimi o‘rinbosari — tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Turdibek Djurayev olib bordi.
Uchrashuvda fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillarining yer va suv resurslaridan foydalanish, ekinlarni parvarishlash, xo‘jaliklar faoliyatini rivojlantirish, hosilni yig‘ib-terib olish jarayonlarini tashkil etish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.
Murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish va mas’ul tashkilotlar ishtirokini talab etadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fermerlar bilan bevosita muloqot — mavjud muammolarni tezkor aniqlash, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va qishloq xo‘jaligi ishlarini samarali tashkil etishning muhim omilidir.
Sayyor qabullar orqali hududlardagi xo‘jaliklar faoliyatiga oid masalalar izchil o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.



