Zarbdor tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-09-12 12:40:00 / Yangiliklar

Bugun, 12-sentabr kuni, Zarbdor tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Bekzod Tashpulatov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Unda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, mas’ullar hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Qabul davomida aholi tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy, uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni imkon qadar joyida hal etish va amaliy yordam ko‘rsatish choralariga e’tibor qaratildi.
Ayrim murojaatlar qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, tegishli murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda ko‘rilgan choralar natijasi haqida fuqarolarga ma’lumot berish vazifalari yuklatildi.
Barcha murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.






