ZARBDOR TUMANIDA XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA VELOMARAFON O‘TKAZILDI
2026-09-11 10:00:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumanida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xotin-qizlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, ularni ommaviy sport tadbirlariga keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida xotin-qizlar o‘rtasida velomarafon o‘tkazildi.
Sport tadbirida xotin-qizlar quyidagi yosh toifalari bo‘yicha ishtirok etdilar:
18–30 yosh
30–45 yosh
45 yoshdan yuqori
Velomarafon ishtirokchilari belgilangan yo‘nalish bo‘ylab velosipedlarda harakatlanib, o‘zlarining chaqqonligi, jismoniy tayyorgarligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Tadbir yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, barcha yosh toifalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandi. Ularga egallagan o‘rinlariga muvofiq esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur velomarafon xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni oshirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga qiziqishni kuchaytirish hamda faol hayot tarzini targ‘ib qilishga xizmat qildi.









