Toshkeskan mahallasida ta’lim yo‘nalishidagi yangi loyiha o‘rganildi
2026-09-11 17:00:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumanida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Zarbdor tumani hokimi B.Tashpulatov, AT “Aloqabank” departament rahbari J.Uzakov hamda AT “Aloqabank” Jizzax HKXKM direktori Sh.Meliyev ishtirokida Toshkeskan MFY hududida faoliyat yurituvchi “Sitora Ta’lim” NTMning 200 o‘rinli o‘quv markazini ta’mirlash loyihasi o‘rganildi.
O‘rganish davomida loyihani amalga oshirish, o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida 10 nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, loyiha orqali mahallada ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholiga qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish uchun imkoniyatlar kengayadi.
Zarbdor tumanida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
