KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI
2026-09-10 18:05:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumanida ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish hamda oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumanning Oybek, Ravot va Sharq Yulduzi mahallalarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar hamda ish izlayotgan ishsiz xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, daromad manbalarini yaratish hamda bandlikni ta’minlash masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlarning tajribalarini ommalashtirish, ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish va ularni daromadli mehnatga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirlar davomida xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va oilaviy daromadlarini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar tushuntirildi.
Asosiy maqsad — har bir xotin-qizning bandligini ta’minlash, barqaror daromad manbaini yaratish, oilalar farovonligini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish.
