ZARBDORDA UZOQ YILLIK MUAMMO O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA
2026-09-07 18:00:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumanida yillar davomida abgor holatga kelib qolgan asosiy avtomobil yo‘lini yangilash va asfaltlash ishlari boshlandi.
Mazkur yo‘l Oqbuloq, Sharq Yulduzi, Adirobod, Nurafshon, Yangikent, Andijon, Oqar va Navbahor mahallalari, shuningdek, Baxt, Oltinko‘l, Koriz va Juvonsiyroq qishloqlarini tuman markazi bilan bog‘laydi.
Ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi 40 mingga yaqin fuqarolarning ko‘p yillik talab va istaklari inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026–2027-yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-35-son qarori asosida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Ayni paytda yo‘lni yangitdan asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha, avvalo, aholiga qulay va xavfsiz transport sharoitlarini yaratish, olis hududlarning tuman markazi bilan transport aloqasini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun logistika imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Yaxshi yo‘l — farovon hayot, rivojlangan hudud va yangi imkoniyatlar garovi.
