ZARBDORDA OCHIQ KURASH CHEMPIONATI O‘TKAZILDI
2026-09-07 10:00:00 / Yangiliklar

6-sentabr — Xalqaro kurash kuni munosabati bilan 4-sentabr kuni Zarbdor tumanida yoshlar o‘rtasida Zarbdor tumani ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
“Polvonlari ko‘p yurt qudratli bo‘lur!” shiori ostida tashkil etilgan musobaqada yosh polvonlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, kuchi, matonati va mahoratini namoyish etdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda ishtirokchilar g‘oliblik uchun munosib kurash olib bordilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
46 kg vazn toifasi:
1-o‘rin Jamolov Rishod
2-o‘rin Sherqulov Anvar
3-o‘rin Tojiboyev Bekzod
3-o‘rin Baxtiyorov Dadabek
60 kg vazn toifasi:
1-o‘rin Ruziboyev Otabek
2-o‘rin Abdurashidov Davron
3-o‘rin Barotov Gulmurod
3-o‘rin Choriyev Umarali
66 kg vazn toifasi:
1-o‘rin Ibragimov Shohrux
2-o‘rin Baratov Dilmurod
3-o‘rin Sobirov Muhammad
3-o‘rin Meliqo‘ziyev Husan
75 kg vazn toifasi:
1-o‘rin Jo‘rayev Shahzod
2-o‘rin Xasanov Behruz
3-o‘rin Jo‘rayev Xasan
3-o‘rin Abdumajidov Shamsod
90 kg vazn toifasi:
1-o‘rin Yaxshilikov Norbek
2-o‘rin Yaxshilikov Otabek
3-o‘rin Nurmamatov Isroil
3-o‘rin Safarov Farzbek
Qizlar o‘rtasida:
48 kg vazn toifasi:
1-o‘rin To‘ychiyeva Malak
2-o‘rin Urdasheva E’zoza
3-o‘rin Abduqayumova Ra’no
3-o‘rin Baxtiyorova Malika
57 kg vazn toifasi:
1-o‘rin Ergasheva Durdona
2-o‘rin Baratova Nozima
3-o‘rin Usmanova Zebo
3-o‘rin Musurmonqulova Sevinch
Bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida jismoniy chiniqish, iroda va matonatni mustahkamlash, milliy sportimizga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
