Zarbdor tumanida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
2026-08-14 14:00:00 / Yangiliklar

2026-yil 14-avgust kuni Zarbdor tumani Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
Qabulni tuman hokimi o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi masalalari yo‘nalishi bo‘yicha kotibiyat mudiri M.Yusupov olib bordi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar tinglanib, har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan murojaatlar bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish va mutasaddi tashkilotlar ishtirokini talab qiladigan masalalar esa tegishli idoralarga yo‘naltirilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.
Shaxsiy qabullar orqali aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Zarbdor tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni tizimli ravishda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
