Zarbdordagi 23 ta mahalla yoshlar yetakchisi sun’iy intellekt bo‘yicha o‘qitildi
2026-08-10 16:00:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumanidagi 23 ta mahalla yoshlar yetakchilari uchun zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardan biri — sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar davomida yoshlar yetakchilariga sun’iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlari, ulardan kundalik faoliyatda samarali foydalanish, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida ish jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy tushunchalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda turli loyihalar, taqdimotlar va tahliliy materiallarni tezkor hamda sifatli tayyorlash, ma’lumotlarni qayta ishlash, shuningdek, yoshlar bilan ishlash jarayonida zamonaviy raqamli imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
Mazkur seminar yoshlar yetakchilarining texnologik savodxonligini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mahalla yoshlarini raqamli texnologiyalarga keng jalb etish borasida muhim qadam bo‘ldi.
Kelgusida bunday o‘quv mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish orqali yoshlar bilan ishlash tizimida innovatsion yondashuvlarni yanada kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
