"Yoshlar kuni" munosabati bilan viloyat rahbarlari Zarbdor tumanida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni muhokama qildi.
2026-08-07 10:00:00 / Yangiliklar

Ravot mahallasidagi 1-sonli texnikumda tashkil etilgan tadbirda joriy yilning oʻtgan davrida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar har tomonlama tahlil qilinib, har bir holatning kelib chiqish sabablari, unga taʼsir qilgan omillar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar atroflicha muhokama etildi.
Taʼkidlanganidek, huquqbuzarliklarning oldini olishda faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas, balki mahalla, taʼlim muassasalari, ota-onalar va keng jamoatchilikning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Muhokama davomida mamlakatimizda jamoat xavfsizligini mustahkamlash, jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil yanvar oyida qabul qilingan 1 va 2-son qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham koʻrib chiqildi.







