Fuqarolar qabulini tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Xolmurzayeva olib bordi.
2026-07-20 16:15:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli belgilangan jadval asosida tashkil etildi. Qabul ochiqlik, oshkoralik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazildi.
Fuqarolar qabulini tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Xolmurzayeva olib bordi. Qabul davomida tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolarning ijtimoiy, maishiy, bandlik, oilaviy masalalar hamda xotin-qizlar muammolariga oid murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Jami 5 ta murojaat qabul qilinib, shundan 4 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi1 ta murojaat yuzasidan esa tegishli tashkilot va mas’ul idoralarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Har bir murojaat bo‘yicha fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarning o‘z vaqtida va sifatli hal etilishini ta’minlash maqsadida mas’ul rahbar va mutaxassislarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini tezkor va adolatli ko‘rib chiqish, muammolariga amaliy yechim topish hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga qaratilgan bunday qabullar Zarbdor tumanida izchil davom ettirilmoqda.
