Zarbdorda yirik sanoat loyihasi amalga oshirilmoqda
2026-02-04 18:15:00 / Yangiliklar

Zarbdor tuman hokimi Bekzod Tashpulatov “Milliy oq oltin agro” MCHJ QK tomonidan Xitoyning Xinjiang Zhimian Agricultural Development and Investment Co., Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilayotgan paxtani qayta ishlash korxonasi qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Loyihaning umumiy qiymati 10 million AQSh dollarini tashkil etib, kelgusida korxona yiliga 55 ming tonna paxtani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi.
Mazkur loyiha doirasida 200 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Ushbu zamonaviy sanoat majmuasining ishga tushirilishi tumanning sanoat salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda aholi bandligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.








