“Zulfiyaxonim izdoshlari” — buyuk shoiraga ehtirom
2026-03-02 15:35:00 / Ta’lim
Zangiota tumanidagi 20-maktabning 4-“A” sinf o‘quvchilari tomonidan taniqli o‘zbek xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlab “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar shoiraning hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida ma’lumotlar berib, she’rlaridan namunalar o‘qishdi. Sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar va ifodali o‘qishlar orqali Zulfiyaxonim ijodiga bo‘lgan hurmat va ehtirom namoyon etildi.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida ona Vatanga muhabbat, adabiyotga qiziqish va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.