Xalqaro hamkorlik

Kuni kecha Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov Janubiy Koreya Respublikasining “YAMASAKI KU HONG ASSOCIATES” kompaniyasi rahbari, fan doktori Jang Il-Kweon bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tuman hududida zamonaviy turar joy massivlarini barpo etish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha chizmalari taqdim etilib, ular atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda investitsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida esa ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik ramzi sifatida, tarix bitilgan kitoblar o‘zaro sovg‘a qilindi.
