Hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘lida muloqot
2026-02-19 17:40:00 / Yangiliklar
Bugun Zangiota tumani Madaniyat saroyida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari Sirojiddin Ahadov va Turg‘un Boliqulov, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmuni tushuntirildi.
Shuningdek, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar hamda davlat ko‘magining mavjud mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda tadbirkorlarning savol va takliflari tinglanib, tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi. Faoliyati bilan tuman rivojiga hissa qo‘shayotgan bir qator tadbirkorlar Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.