Asosiy kontentga o'tish

Yoshlar kelajakka ishonch va umid bilan qarashmoqda

2025-04-07 18:00:00 / Yangiliklar

“Samarqand iqlim forumi”

 

Davlatimiz rahbari boshchiligida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Samarqand iqlim forumi” doirasida bir qator yuqori darajadagi sessiyalar tashkil etildi.

 

Jumladan, “Yoshlar kelajakka ishonch va umid bilan qarashmoqda” sessiyasida Markaziy Osiyo va Turkiy mamlakatlar vazirlari yosh ekologiya faollari bilan iqlim muammolari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Ushbu muloqot yoshlarga o‘z mamlakatlari va mintaqalarida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar va tashabbuslarni bildirish imkonini yaratdi.

 

Sessiyada Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Butunjahon yoshlar ofisi va uning qoshida Xalqaro yoshlar qo‘mitasi tuzilgani hamda yoshlarni iqlim harakatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar alohida qayd etildi.

 

Forum doirasida ilk bor tashkil etilgan COP muzokaralari simulyatsiyasida o‘zbekistonlik 100 ga yaqin eko volontyor yoshlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar xalqaro iqlim bitimlari doirasida siyosiy muzokaralar olib borish jarayonini real vaqt rejimida amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Saida Mirziyoyeva forum ishtirokchilari bilan uchrashib, kelgusi faoliyatlariga omad tiladi.

 

Shuningdek, sessiya ishtirokchilari 15–18-may kunlari Toshkent shahrida va Orolbo‘yi mintaqasida bo‘lib o‘tadigan Raqamli “Yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivaliga taklif etildi.

79

Oxirgi yangilanish: 2025-04-07 18:28:57

Yoshlar kelajakka ishonch va umid bilan qarashmoqda