Mahalla yoshlari harbiy-sport musobaqasida kuch sinashdi!
2025-04-06 16:00:00 / Yangiliklar
“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi mahalla yoshlari uchun nafaqat jismoniy tayyorgarlik sinovi, balki vatanparvarlik, jasorat va jamoaviylik ruhini mustahkamlovchi katta maktabga aylanmoqda.
Kuni kecha, Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan harbiy qismda musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 18-22 yosh toifasidagi o‘g‘il-qizlar 7 ta shart asosida o‘z iqtidor va jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazishdi. Eng kuchli va shijoatli jamoalar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.