Asosiy kontentga o'tish

Qadrli yoshlar! Karyera yo‘lingizni hozirdanoq boshlashni xohlaysizmi?

2025-04-03 18:00:00 / Yangiliklar

“Job Fair 2025” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi


Toshkent shahridagi Amity universiteti, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Milliy banki va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida “Job Fair 2025” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil etmoqda!
 

Yarmarkada ko‘plab yetakchi kompaniyalar sizni o‘zlarining karyeraviy imkoniyatlari bilan tanishtirish uchun kutmoqda! Tadbir davomida qiziqarli lotereya o‘yinlarida ishtirok etish, qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkoniyati ham taqdim etiladi!
 

Manzil: Toshkent shahridagi Amity universiteti

Vaqt: 10-aprel, soat 14:00–16:00
 

Keling, o‘z imkoniyatingizni kashf eting va orzuyingizdagi ishni toping!

 

55

Oxirgi yangilanish: 2025-04-07 14:14:01

Qadrli yoshlar! Karyera yo‘lingizni hozirdanoq boshlashni xohlaysizmi?