Suv resurslarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha xalqaro yoshlar konferensiyasi
2024-10-29 17:05:00 / Yangiliklar
Mazkur konferensiya Yevropa Ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan talabalar, yosh tadqiqotchilar, fuqarolik jamiyati vakillari, Yevropa Ittifoqi, BMT va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari bilan birgalikda suv resurslari va iqlim barqarorligi kabi dolzarb masalalarni muhokama qiladilar.
Bu konferensiya yoshlarga suv resurslarini barqaror boshqarish va iqlim barqarorligi yo‘lida yangi yondashuvlarni o‘rganish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash orqali Markaziy Osiyoning kelajagini barqarorlashtirish imkoniyatini beradi.
Konferensiyaning ochilish marosimi 30-oktabr kuni soat 09:30 da Yoshlar ijod saroyida o‘tkaziladi.