Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda yangi imkoniyatlar
2024-10-28 09:00:00 / Yangiliklar
Yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib beruvchi Bitim.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yil 25-oktabrda (O‘RQ-983-son) qonun imzolandi! Qonunga ko‘ra O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari o‘rtasida yoshlarga oid siyosatning umumiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi Bitim (Dushanbe, 2023-yil 14-sentyabr) ratifikatsiya qilindi.
Bu Bitim yoshlarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib, ularning o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shishini ta’minlaydi. Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi ham Bitimni o‘z ichki tartib-qoidalari asosida ratifikatsiya qilgan. Bu hamkorlik mintaqadagi yoshlarning rivojlanishiga yanada mustahkam poydevor bo‘lishiga zamin yaratadi.