26-sentabr - Davlat xavfsizlik xizmati kuni!
2024-09-26 09:00:00 / Yangiliklar
Vatan himoyasi muqaddas burch!
Yurt tinchligi va fuqarolarning farovon, osuda hayotini ta’minlash har bir mamlakatning strategik va eng muhim vazifalaridan biridir. Davlatimiz qudrati, hududiy yaxlitligi, tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishda maxsus xizmatlarning hissasi beqiyos.
Mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid Davlat siyosatining samarasi har bir yoshga ko‘mak bo‘lishida yoshlar bilan bir safda mehnat qilayotgan insonlar bugun kasb bayramlarini nishonlamoqdalar.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy qutlaymiz!
Yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!