Hokimiyat haqida

O'zbekiston Respublikasida Davlat boshqaruvi uch turdagi hokimiyatlar tomonidan tashkil etiladi. Bular Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlaridan iborat. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - Oliy Majlis bo'lib, u quyi va yuqori palatadan tashkil topgan. Quyi, ya'ni "Qonunchilik palatasi" 150 nafar doimiy ravishda faoliyat ko'rsatuvchi deputatlardan iborat bo'lib, asosan qonun hujjatlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Yuqori palata esa "Senat" deyiladi va u 100 nafar senatorlardan shakllanadi. Senatorlar o'zlarining asosiy xizmat vazifalaridan ajralmagan xolda vaqti-vaqti bilan yig'ilib turadilar va Qonunchilik palatasi tomonidan yaratilgan yangi qonun hujjatlarini o'rganib chiqib, qabul qiladilar. Ijro xokimiyatiga Vazirlar Mahkamasi boshchiligida vazirliklar, idoralar, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari kiradi. Ijro hokimiyati bir so'z bilan aytganda joylarda qonunlarning ijrosini ta'minlash vazifasini bajaradi. Sud hokimiyatiga Respublika Oliy sudi boshchiligida turli soxalardagi barcha sudlar kiradi. Sudlar ijro hokimiyati xamda fuqarolar tomonidan qonunlarning buzilishiga yo'l qo'ymaslikni ta'minlaydi.
Tuman hokimligi tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, xalq deputatlari Fargo'na viloyat va O'zbekiston tuman Kengashlari xamda viloyat, tuman hokimlariining qaror va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari ijrosini ta'minlaydi. Tuman hokimligi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Maxkamasi, Fargo'na viloyat hokimi xamda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari oldida xisob beradi. Tuman hokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi tuman hokimi, hokim o'rinbosarlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari raxbarlari, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari, tuman hokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarning hamda tuman hokimligi apparatining tashkiliy-amaliy ishi bilan ta'minlanadi. Tuman hokimligi faoliyati tuman hokimi tomonidan tashkil etiladi. Tuman hokimi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida xududdagi barcha organlar, korxonalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar chiqaradi. Tuman hokimining me'yoriy tusdagi yoki muhim axamiyatga ega bo'lgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi. Tuman hokimining tezkor va boshqa joriy masalalar bo'yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 aprel kungi «Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 123-sonli qaroriga muvofiq tuman hokimligi boshqaruv apparatining vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibi belgilanadi.
Boshqaruv apparati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 apreldagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga amal qiladi.
Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo‘jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari Kengashi majlislari uning reglamentiga muvofiq tayyorlanishini ta’minlaydi, xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.
Boshqaruv apparati xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
Boshqaruv apparati o‘z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi.
Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Farg‘ona viloyat hokimligi apparati, shuningdek davlatning boshqa organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
