“Özkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan fuqarolar uçun sayyor qabul ötkazildi
2026-11-13 19:00:00 / Yangiliklar

Özbekiston tumani “Boği Eram” mahalla fuqarolar yiğinida Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Farğona viloyati hududiy şöbasi hamda “Özkomnazorat” inspeksiyasi Farğona viloyati hududiy bölimi vakillari tomonidan fuqarolar uçun sayyor qabul taşkil etildi.
Unda mahalla faollari hamda fuqarolar iştirok etib, inspeksiya xodimlari tomonidan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifati hamda murojaatlar bilan işlaş tizimi haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Sayyor qabul davomida fuqarolar aloqa va telekommunikatsiya xizmatlari bilan boğliq murojaat, taklif hamda muammolarini bevosita mutasaddilarga yetkaziş imkoniyatiga ega böldilar. Har bir murojaat yuzasidan mutaxassislar tomonidan huquqiy va amaliy tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, fuqarolarga aloqa va axborotlaştiriş sohasidagi muammo hamda takliflarini 1144 qisqa raqamli “Işonç telefoni” yoki “Özkomnazorat – Aloqa nazorat” Telegram guruhi orqali ham yöllaşlari mumkinligi haqida ma’lumot berildi.
Sayyor qabul yakunida iştirokçilarni qiziqtirgan barça savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, kelib tuşgan murojaatlar belgilangan tartibda körib çiqilişi belgilandi.


