Özbekiston tumanida “Vaziyatlar markazi” taşkil etildi
2026-11-11 11:20:00 / Yangiliklar

Özbekiston tumani hokimligida “Vaziyatlar markazi” öz işini boşladi.
Markaz "Raqamli hokimlik" dasturi asosida faoliyat yuritib, hududdagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tezkor monitoring qiliş, turli sohalardagi holat va körsatkiçlarni yagona tizim orqali tahlil etiş imkonini beradi.
Ayni paytda tizimga hududdagi taşkilot, muassasa va mahallalarning axborot tizimlari integrasiya qilinmoqda. Ma’lumotlar tegişli taşkilotlarning axborot tizimlaridan töğridan-töğri, real vaqt rejimida qabul qilinib, tegişli körsatkiçlar asosida şakllantiriladi.
Markaz orqali iqtisodiyot, investisiya, kommunal soha, ekologiya, quriliş, ijtimoiy yönalişlar, xavfsizlik hamda murojaatlar bilan işlaş kabi sohalar böyiça joriy holatni onlayn kuzatiş va tahlil qiliş mumkin.
Markazda, şuningdek, tegişli taşkilotlar vakillari öz sohalariga oid jarayonlarni monitoring qilib boradi. Aniqlangan muammo yoki favqulodda holatlar böyiça tezkor çoralar köriş imkoniyati yaratiladi.



