Özbekiston tumanida Zulfiyaxonim izdoşlari saralandi
2026-10-27 15:35:00 / Yangiliklar

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yurtimiz qizlarini yangidan-yangi ijodiy-ma’rifiy yutuqlar sari ilhomlantirmoqda.
Yaypan şahridagi 23-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining Özbekiston tuman bosqiçi ötkazildi.
Tanlovda iştirok etgan nomzodlar adabiyot, san’at, fan, ta’lim, madaniyat, sport, tibbiyot, jamoatçilik faoliyati va raqamli texnologiya (AyTi) yönalişlari böyiça erişgan yutuqlari, ijodiy va amaliy işlari, bilim va qobiliyatini namoyon etdi.
Şuningdek, san’at va madaniyat yönalişlari böyiça nomzodlar sahnaga çiqib, öz mahoratlari, ijodiy yondaşuvlari va iste’dodlarini taqdim etdi.
Har bir yönaliş böyiça taqdim etilgan çiqişlar tegişli komissiya a’zolari tomonidan baholab borildi. Eng yuqori natijalarni qayd etgan talabgorlar tanlovning viloyat bosqiçida iştirok etiş uçun tavsiya etildi.









